#_kotibiyat_mudiri_faoliayti
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumanida Kengashiga 8-G‘alaba saylov okrugidan saylangan deputat X.Melikov okrugiga qarashli Bog‘ishirin mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan Bog‘ishirin mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi — mahallada aholi uchun kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni, xususan, elektr energiyasi ta’minoti hamda mavjud transformatorlarning texnik holatini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.
O‘rganish davomida hududdagi transformatorlarning ishchi holati, elektr tarmoqlarining yuklamasi, mavjud muammolar hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan qarshi olish, aholi xonadonlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy e’tiborida.