Do'rmonsoy mahallasida oilalar holati o‘rganildi
Do'rmonsoy mahallasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘.Shukurov tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.
🏠 Shuningdek, oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.