O‘rganish davomida fuqarolardan birining eshitish moslamasiga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan murojaati tinglandi. Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, ijobiy hal etildi va fuqaroga zarur eshitish moslamasini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
➡️Shuningdek, murojaatchi tomonidan xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatish masalasida amaliy ko‘mak so‘raldi.
✅Mazkur taklif ham deputat tomonidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqish va mavjud imkoniyatlar doirasida amaliy yordam ko‘rsatish uchun nazoratga olindi.