Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti o‘rganildi

Oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Rahimova Bog‘zor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi I. Xolmaturova bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi, Oqyo‘p ko‘chasida yashovchi fuqaro Mahmudova Gulbahor xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaning mavjud ijtimoiy holati, kundalik ehtiyojlari hamda muammolari atroflicha tahlil qilindi. Fuqaroga amaldagi tartiblar asosida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilaning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.