Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Oshoqqala mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-apreldagi O‘RQ-532-sonli “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada hozirgi kunga qadar 80 nafar mahkum jazoni o‘tayotgani, 8 nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs sifatida probatsiya hisobida turgani hamda 12 nafar fuqaro profilaktik hisobda turgani aniqlandi.
Shuningdek, mazkur fuqarolar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga qaratilgan profilaktik hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani o‘rganildi.

Slide 1 of 1