AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil
19-martdagi VII-19-31-6-91-K/26-son qarori ijrosi doirasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolar xonadonlarida manzilli ishlar olib borilmoqda.
🏠 Namangan shahrining “Madaniy maorif” mahallasida yashovchi
I guruh nogironi Malikaxon Ravodjayeva xonadonida ham energiya samaradorligini oshirish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
👤 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov ushbu xonadonga tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar holatini joyida o‘rgandi.
🔎 Jarayon davomida xonadonda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari sifati, issiqlikni saqlashga qaratilgan yechimlar hamda yaratilayotgan sharoitlar tanqidiy tahlil qilindi.
💬 Mazkur ishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va energiya tejamkorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda .
⚙️ O‘rganish yakunida mas’ullarga ishlarni sifatli tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.