#murojaatlar_yuzasidan
#deputat_nazorati
#ish_reja_ijrosi
❗️Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko‘l saylov okrugi deputati K.Mamanova o‘z saylov okrugi hududida bo‘lib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Deputat tomonidan aholi bilan doimiy muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.