O‘rganish davomida markazda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy axborot resurslaridan samarali foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, axborot-resurs markazidagi mavjud adabiyotlar, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar va markazdan foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida markaz faoliyatini yana-da takomillashtirish, kitob fondini zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan boyitish, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda aholi uchun ma’naviy-ma'rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Asosiy maqsad — mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda axborot-resurs markazlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.