Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 23-sentabr ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashiga 20-Bo'ston saylov okrugidan saylangan deputat A.Muhammadiyev tomonidan Fayzliobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Do‘stlik ko‘chasida aholi xonadonlariga elektr energiyasi yetkazib beruvchi transformator joylashgan.
Mazkur transformator aholi, ayniqsa, yosh bolalar va boshqa fuqarolar harakatlanadigan hududga yaqin joylashganligi sababli, uning atrofini xavfsizlik talablariga muvofiq ravishda maxsus himoya panjarasi bilan o‘rash zarurati mavjud. Transformator atrofining ochiq holda bo‘lishi fuqarolarning elektr xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin..
Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuboridi zarur choralar ko‘rish so‘raldi.