Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli X.Ergashevaning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda “Nurafshon” mahallasida “Ayollar daftari”ga 181 nafar xotin-qiz kiritilgan. Ularning mavjud muammolaridan kelib chiqib, manzilli yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. 

20 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash va ish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;

90 nafar xotin-qizga psixologik yordam ko‘rsatib kelinmoqda;

71 nafar xotin-qizga huquqiy masalalar yuzasidan tegishli yordam va tushuntirishlar berilmoqda.

️O‘rganish jarayonida mahallada 1 ta erta nikoh holati qayd etilgani ham ma’lum qilindi. Mazkur holat bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida erta nikohning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini muntazam olib borish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning har bir muammosini alohida o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda zarur hollarda huquqiy va psixologik ko‘mak bilan qamrab olish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3