Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KAMBAG‘AL OILALAR DAROMADINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.

Shuningdek, oilalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularni daromadli mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2