Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, jamiyatimizning intellektual salohiyati va yosh avlodning Vatanga sadoqatli, bilimli hamda mas’uliyatli insonlar bo‘lib kamol topishida o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Ta’limga e’tibor — mamlakat kelajagiga e’tibor, ustozga hurmat esa jamiyatning ma’naviy yuksakligining ifodasidir.
Ta’lim sohasi vakillarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda ustoz maqomini yanada yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni doimo muhim hisoblanadi.
Barcha ustoz va murabbiylarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, yuksak e’tirof va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, bayramingiz bilan muborakbod etamiz!