Kambag‘allik reyestridagi oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi davlat ta’minotidagi oila vakili M.D. bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqaroning oilaviy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, uning 2 nafar farzandi borligi aniqlandi. Suhbat davomida fuqaro kelgusida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi borligini bildirib, mazkur yo‘nalishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qildi.
Fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish va murojaat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishga kelishib olindi.