Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KO‘P QAVATLI UYLARDAGI TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy mahallasida ta’mirlanayotgan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani, ayni vaqtda binolarning tashqi fasadini bo‘yashga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Mas’ullarga ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash, hudud obodonchiligi hamda aholiga qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3