📌 34-SESSIYA: KUN TARTIBIDAGI 7-MASALA
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi davomida kun tartibidagi 7-masala — “2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan” tuman hokimi o‘rinbosari O‘mirzoqov Nurhayot Jonibek o‘g‘lining hisoboti eshitilmoqda.
Hisobotda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa zarur kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmoqda.