Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #DeputatNazorati #Haftalik_ish_reja_ijrosi

🤩 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Azamat Karamatovich Mamatmuratov ishtirokida “Qoratepa” mahallasida ijtimoiy xodimning o‘z vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1