Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

 
🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassissi Dilnoza Ulug'bekovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr) ijrosini o‘rganish maqsadida Chinoz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, ma’naviy, intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi tahlil qilindi.

🔸 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi;
🔹 yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish va doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish holati;
🔹 yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi;
🔹 yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish holati;
🔹 yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va muammoli yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹 yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik holati.

📋 Shuningdek, Chinoz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatida yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida tegishli mas’ullar tomonidan hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🔺 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning har tomonlama kamol topishi, ta’lim olishi, bandligini ta’minlash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim huquqiy asoslardan biridir. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu boradagi vakolatlari belgilangan.

✅ O‘rganish yakuni bo‘yicha Chinoz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Shaxlo Yusupova bilan Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3