Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi yuzasidan deputatlar tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarining tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Jumladan, Kengash deputati Omonliqov Meliqo‘zi Temirovich tomonidan 24-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, qozonxona holati va mavsumga tayyorgarligi ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.