Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Aholi muammolari joyida o‘rganilib, aniq vazifalar belgilandi

✅Aholi murojaatlarini bevosita tinglash, xonadonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish va ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, xonadonlarga tashrif buyurdilar va fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar.

✅O‘RGANISH DAVOMIDA QUYIDAGI MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI:

✅ Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va bandligi;

✅ Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari;

✅ Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

✅ Fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar.

✅Muloqotlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, deputatning ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etildi.

✅ Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Aholi bilan ochiq muloqot — muammoni aniqlash, deputatlik nazorati esa uning yechimiga erishish vositasidir.

Slide 1 of 1