Янгиликлар

Aholi murojaati deputat tomonidan o‘rganildi

Tumandagi 15-sonli “Hazorasp” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Zulfiya Saparmuratovna Hazorasp mahallasi Mulkdor ko‘chasi, 12-uyda yashovchi fuqaro E.K.ning murojaatini joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jumanyazov Xudashkur Sotimovich bilan birgalikda o‘rgandi.
Murojaatda fuqaro salomatligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra doimiy davolanishga ehtiyoj sezayotganini bildirib, shifoxonada yotib davolanish uchun zarur bo‘lgan order ajratilishini so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroga tegishli tushuntirishlar berildi hamda deputatning aralashuvi asosida masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda masala ijobiy hal etildi.
Aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini taʼminlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.