#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navro‘z" mahallasida aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi
✅Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 18-“Navro‘z” saylov okrugi deputati E.N.Jurayev "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
✅Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq masalalar xonadonbay tahlil qilindi.
✅Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.