Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Kambag‘allik reyestridagi oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va deputat D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy MFY, Binafsha ko‘chasi, 14-1-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning 3 nafar farzandi borligi hamda ishlash istagi mavjudligi aniqlandi.

Fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida tuman Moliya va iqtisodiyot bo‘limi tomonidan farroshlik lavozimiga ish taklif qilindi. Fuqaroni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2