Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🇺🇿 Kambag‘allik reyestridagi oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev, Y.Berdiyarov hamda Yangi davr mahallasi raisi L.Tursunov tomonidan Yangi davr mahallasi Terakzor ko‘chasi, 6-6-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro M.N. xonadonida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaro va uning oila a’zolarida kamqonlik bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi o‘rganilganda, tibbiy tekshiruvlardan o‘tmaganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqaro va uning oila a’zolarini tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilandi.

Slide 1 of 2