DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA SAVOL-JAVOB
Navbatdagi masala yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan ijtimoiy soha obyektlariga o‘rnatilgan quyosh panellari bo‘yicha savol berildi.
Deputat savoli: Joriy yil boshidan buyon 24 ta ijtimoiy soha obyektiga 678,6 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi. Ular orqali elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha qanday natijalarga erishildi?
Javob: Quyosh panellari orqali elektr energiyasining bir qismini muqobil manbadan qoplash imkoniyati yaratilgani, bu esa xarajatlarni maqbullashtirish va budjet mablag‘larini tejashga xizmat qilayotgani ma’lum qilindi. Kelgusida energiya samaradorligi va tejalayotgan mablag‘lar bo‘yicha tahlillar olib boriladi.