Янгиликлар

#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati

#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati
#_doimiy_komissiya_faoliyati


Doimiy komissiya tomonidan mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Chorshanbiyeva va komissiya a’zolari, shuningdek, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamkorligida Mirzo Ulug‘bek mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida joylashgan park hamda Markaziy kutubxonaning faoliyati, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va xizmatlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, park hududining obodonlashtirilishi, sanitariya holati, mavjud infratuzilmaning saqlanishi hamda aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Markaziy kutubxona faoliyati davomida kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondining holati, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni hal etish va aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o‘rganishlar doimiy komissiya tomonidan hududlarda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishlaridagi ishlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2