Янгиликлар

#_munosabat

🔰#munosabat

O‘zbekistonning eng katta boyligi — inson kapitali. Ayniqsa, yosh avlodning bilimli, sog‘lom va munosib sharoitlarda voyaga yetishi mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.

🇺🇿Demografik barqarorlikni ta’minlashda aholi salomatligi, sifatli ta’lim, ayollar va bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bandlik masalalariga kompleks yondashish muhim. “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni uzoq muddatli va aniq maqsadlar asosida olib borishga xizmat qiladi.

🇺🇿Deputat sifatida inson manfaatlari, ayniqsa, yoshlar, ayollar va bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayman.

Shahboz Teshayev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,