📚 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun
6-modda — Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
🔹 Xalq deputatlari Kengashi — qaror qabul qiladi.
🔹 Hokim — qaror qabul qiladi va farmoyish chiqaradi.
🔹 Hujjatlar belgilangan tartibda Yagona elektron tizimda rasmiylashtiriladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
🔹 Qabul qilingan hujjatlar tegishli hududdagi tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
⚖️ Qonuniylik, ochiqlik va hisobdorlik — mahalliy boshqaruvning muhim asosidir.