Янгиликлар

MAHALLA VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI HAMKORLIK HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, mehnat migratsiyasida bo‘lgan hamda xorijdan qaytgan fuqarolar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi.

Slide 1 of 1