Янгиликлар

Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi


​Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

​
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva hamkorligida aholi murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi.

​Muloqot davomida hudud aholisi, ayniqsa, yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.