Янгиликлар

🏛 Deputat X.Saidova sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada chuqur tahlil qilinganini ta’kidladi

🏛 Deputat X.Saidova sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada chuqur tahlil qilinganini ta’kidladi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida deputat X.Saidova so‘zga chiqib, kun tartibiga qo‘yilgan barcha muhim masalalar, xususan, aholi bandligi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosi avvaldan doimiy komissiya yig‘ilishlarida atroflicha ko‘rib chiqilganini aytib o‘tdi.
Deputat o‘z nutqida har bir qaror loyihasi va mas’ul rahbarlarning hisobotlari komissiya a’olari hamda mahalla "yettiligi" ishtirokida joyiga chiqqan holda tahlil qilingani, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar shakllantirilib, sessiya muhokamasiga tayyor holatda olib kirilganini alohida ta’kidladi.