Янгиликлар

24-BAND IJROSI:MAKTABLARDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

24-BAND IJROSI:MAKTABLARDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

📌 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Shukurov O‘tkirjon Normamatovich tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida maktablar atrofida yoshlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan “fast food” mahsulotlari hamda gazlangan va energetik ichimliklar savdosi va ularning yoshlar salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq holatlarga e’tibor qaratildi.

🍽 Shuningdek, tuman maktablarida o‘quvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va foydalanilishi, ovqatlanish joylarining holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi holati o‘rganildi.

👥 Aniqlangan holatlar navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan umumlashtirilib, tegishli xulosalar shakllantiriladi.

📋 Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati
Shukurov O‘tkirjon Normamatovich

Slide 1 of 3