Янгиликлар

DEPUTAT MAHALLADA AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Q.Nishonov Bog'ishamol mahallasida bo‘lib, hududdagi aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar, aholi uchun zarur shart-sharoitlar hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1