Янгиликлар

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🔺Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog' saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov «Do‘stlik» MFY hududida joylashgan 13-sonli DMTT da olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Mazkur obyektdagi qurilish ishlari «Tashabbusli budjet» va viloyat budjeti mablag‘lari hisobidan 4 mlrd. 381,6 mln. so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.

🔺Tashrif davomida ob’ektdagi qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat talablariga qat’iy rioya qilish va tez kunlarda yakunlash yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

🔺Mazkur ishlar yakuniga yetgach, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yanada zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 5