Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi bosh mutaxassisi tomonidan tumandagi Pensiya jamg‘armasida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga pensiya tayinlash va qayta hisoblash jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish, pensiya to‘lovlarining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda amalga oshirilishi, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.