Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulova tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlarda aniqlangan muammo va takliflar Deputat daftariga qayd etildi.
Xususan, xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulova tomonidan Birlashganmahalladagi kambag‘al oilalarning xonadonlari xonadonbay o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarning ijtimoiy va maishiy sharoitlari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflari o‘rganilib, aniqlangan muammo va takliflar belgilangan tartibda “Deputat daftari”ga qayd etildi. Mazkur muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijrosini nazoratga olish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.