Янгиликлар

HAR BIR AYOL E’TIBORDA: “AYOLLAR BALANSI” BO‘YICHA XONADONBAY XATLOV ISHLARI O‘RGANILDI.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning bandligi, kasb-hunari, tadbirkorlikka qiziqishi, ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liqligi tahlil qilinib, xonadonbay xatlov ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand ayollarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2