Янгиликлар

TALABALAR YASHASH SHAROITI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #partiya_guruhlari

TALABALAR YASHASH SHAROITI DEPUTAT E’TIBORIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi "Adolat" SDP deputatlik guruhi a'zosi, "19-Farhod" saylov okrugi deputati, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich Ingliz tili 1-fakulteti talabalarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ular istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

🕯 Tashrif davomida talabalarning yashash sharoiti, xavfsizligi, maishiy qulayliklari, dars tayyorlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

🗣 Deputat talabalar hamda xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning kundalik turmushi, taklif va mulohazalarini tingladi. Mavjud masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, talabalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

📝 Shuningdek, talabalarga isitish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish, elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

🫥 Mazkur tashrif talabalarning nafaqat ta’lim olishi, balki ularning yashash sharoiti, xavfsizligi va kundalik ehtiyojlariga ham alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 6