Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida yoshlarning murojaatlari, mavjud muammolari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
➡️Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, yoshlarning manfaatlarini ta’minlash va ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish belgilandi.