Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Kamolitdin Azizov tomonidan Xondamir mahallasiga kirish qismidagi Beshqayrag‘och ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masala o‘rganildi.

🚦 Mazkur hududdagi tartibga soluvchi svetofor qurilmasi yangisiga almashtirilgan bo‘lsa-da, eski svetoforning olib tashlanmaganligi fuqarolar uchun ayrim noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani haqida murojaat kelib tushgan.

🔻 Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan bog‘lanildi. Natijada, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlash maqsadida eski svetofor qurilmasi tez fursatda olib tashlandi.

🗂 O‘rganish jarayonida mazkur masalaning O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hal etilishiga e’tibor qaratildi. Qonunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasi hamda harakatni tashkil etishning texnik vositalaridan belgilangan tartibda foydalanish masalalari nazarda tutilgan.

📈 Ushbu o‘rganish orqali nafaqat mavjud muammo bartaraf etildi, balki fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratildi. Bu esa deputatlik nazoratining bevosita aholi manfaatlariga xizmat qilayotganining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 4