Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

SHODLIK MAHALLASIDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari O. Aliqulov va G. Qorayeva tomonidan tumanda kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, Shodlik mahallasida A-373 xalqaro magistral avtomobil yo‘li chetlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘chat ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududni ko‘chat ekish mavsumiga puxta tayyorlash, yer maydonlarini sifatli tayyorlash hamda ekiladigan ko‘chatlarni kelgusida parvarishlash masalalari tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, hududning obodligi va ko‘rkamligini oshirishga qaratilgan ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3