📍Yunusobod tumani «Adolat» MFYdagi 23-uy podvalida kanalizatsiya quvurlarining tiqilib qolishi natijasida oqova suv oqishi muammosi yuzaga kelgan.
🇺🇿Mazkur masala yuzasidan Yunusobod tumani Kengashi Xalq deputati Ikborkhon Ashrapova tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritildi.
✅Murojaat natijasida:
🔹Tiqilib qolgan eski kanalizatsiya quvurlari to‘liq olib tashlandi;
🔹Yangi kanalizatsiya quvurlari o‘rnatildi;
🔹Oqova suv oqishi bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
Deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda nazorat qilinib, ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani o‘rganildi.
📌Shuningdek, aholiga kanalizatsiya tizimiga pampers, nam salfetka, soch, meva po‘chog‘i va boshqa maishiy chiqindilarni tashlamaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🤝Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini bartaraf etish va ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!