Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda

Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan Yangihayot MFY hududidagi M39 avtomobil yo‘liga bog‘lovch At-Termiziy ko‘chasi asfaltlashga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘lning mavjud holati, asfaltlash ishlariga tayyorgarlik darajasi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yo‘lni belgilangan talablar asosida sifatli tayyorlash, ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganilib, asfaltlash jarayonining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan tegishli masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5