Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFY hududidagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati Kengash mutaxassisi T. Murodov ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda aholiga, ayniqsa, yoshlar va kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi, mavjud adabiyotlar hamda markazning mahalla aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy maskan sifatidagi faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik muhitini kengaytirish va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5