35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#162_qonun QONUNCHILIKDAGI YANGILIK


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etish, vakolatlari, asosiy vazifalari, funksiyalari hamda tashkiliy tuzilmasi belgilab berilgan.

🤩 Mazkur nizom agrar sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

✅ Qarorga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
✅ agrar sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
✅dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik hamda boshqa tarmoqlarni kompleks rivojlantirish;
✅yer va suv resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
✅qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi va sifatini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
✅zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish;
✅ fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
✅ agrar sohada investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
✅ o‘simliklar karantini, fitosanitariya talablari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash.

✅ Qaror bilan vazirlik faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, agrar tarmoqni samarali boshqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish uchun zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar belgilandi.

Mazkur hujjat agrar sohani izchil rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1