35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Ona_va_bola_salomatligi #Sog‘lom_kelajak #Kengash_faoliyati

Oltinsoy tumanida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda xotin-qizlar tibbiy madaniyatini oshirish hamda oilalarni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirtda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Xidirova hamda Din ishlari bo‘yicha mutaxassis A.G‘aniyev ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida soha mutaxassislari va deputat tomonidan quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
Ona va bola salomatligi: Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va onalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
Oila va xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlovi: Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar;

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan savollarga batafsil javoblar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5