35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

18-umumta'lim maktabida ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

#162_ta_Qonun #deputat_faoliyati
#deputat_okrugida #nazorat_tahlil

18-umumta'lim maktabida ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat D. Xoliqova o‘zi saylangan saylov okrugidagi 18-umumta’lim maktabida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borilib, qonunda belgilangan talablarning maktab faoliyatida bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, mavjud sharoitlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3