35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla.

#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Rano hududida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” tamoyili asosida mahallani yanada obod va ko‘rkam hududga aylantirish yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jarayon davomida mahalla fuqarolariga hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni asrash hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashda jamoatchilikning faol ishtiroki muhimligi tushuntirildi.

Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavjud holat o‘rganildi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbat olib borildi.

Slide 1 of 1