35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

SARMICH MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev Sarmich MFYda bo‘lib, Ijtimoiy reestrga kiritilgan kambag‘al oilalar xonadonlaridagi sharoitlarni o‘rgandi.

O'rganish davomida xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni hal etish, oilalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash hamda daromadlarini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mahallada o‘z faoliyatini yangi yo‘lga qo‘yayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkorlarga faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalladagi ishsiz yoshlarni ushbu obyektlarga ishga jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlikka jalb etish orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3