Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bilan hamkorlikda Qo‘shqand qishlog‘ida kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro Bo‘kayev Salohiddinning oilaviy va ijtimoiy holati manzilli ravishda o‘rganildi.
O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari, mavjud ehtiyojlari hamda oilani kambag‘allikdan chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar bilan yaqindan tanishildi.
Oila a’zolari bilan suhbat davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, oilaning sharoitini yaxshilash va barqaror daromad manbaini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam choralarini ko‘rish, oila a’zolarini bandlikka yo‘naltirish hamda mavjud ijtimoiy ko‘mak va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi