35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilotda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash hamda tartibga solish, xodimlarning bu boradagi huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonun talablariga rioya etilishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.